Shoma, yana gol urmasang bo‘lmaydi!

  • 21 avgust, 2021, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

22 avgust kuni “Roma” poytaxtdagi “Olimpiko” stadionida “Fiorentine” futbolchilarini qabul qiladi.

Sir emas, “Roma” uch mavsumdan beri UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmayapti. O‘tgan mavsum esa rimliklar Chempionlar ligasi tugul Evropa ligasiga ham chiqa olmadi. Musobaqa jadvalida ettinchi o‘rinni egallagani uchun qit’aning uchinchi darajali turniri – Konferentsiyalar ligasida ishtirok etmoqda.

Joze Mourino jamoani Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqish uchun taklif etildi. Shu bois, portugaliyalik mutaxassisga to‘g‘ri kelmagan futbolchilarga javob berib yuborildi va u o‘z qo‘l ostida ko‘rishni istaganlari Rimga olib kelindi. Eldor Shomurodov transferi ham aynan Mourino talabi bilan amalga oshirildi.

Adolat yuzasidan tan olish kerakki, hujumchimiz “Jenoa”dan ancha jiddiy va kuchli klubga o‘tgani bilan o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q va hozircha o‘zi ishtirok etgan har bir uchrashuvda gol urib, Mourino futbolchi tanlashda adashmaganini isbotlab kelmoqda.

rue9d24985062

A Seriyaning birinchi turi “Roma” uchun muhim. Bo‘lajak o‘yindagi g‘alaba jamoa ruhiyatini ko‘tarishi bilan bir qatorda muxlislarning Mourino va u tuzgan tarkibga ishonchini uyg‘otadi. Qolaversa, yuqori o‘rinlarni maqsad qilgan jamoa ilk urinishdan yutishni bilishni kerak.

Tabiiyki, Mourinodek murabbiy ham bir necha oy ichida qarshisidagi har qanday raqibni er tishlatadigan super jamoa shakllantira olmaydi. Bunga etarlicha vaqt zarur. “Trabzonspor” bilan bo‘lgan bahs Rim jamoasida kamchiliklar etarli ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Echimini kutayotgan masalalar bor.   

Shunday bo‘lsa-da, “Roma” va “Fiorentina” to‘qnashuvlari tarixida ustunlik poytaxtliklar tomonida. Bu ikki jamoa shu kunga qadar A Seriya, mamlakat kubogi va xalqaro miqyosidagi musobaqalarda o‘ziro 188 marotaba bir biriga  duch kelgan. Shulardan 66 tasida “Roma”ning qo‘li baland kelgan va yana shuncha uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan, “Fiorentina” 56 marta zafar quchgan. To‘plar nisbati 215-201.

“Fiorentina” oxirgi besh uchrashuvdan beri rimliklarni mag‘lub etish yo‘lini topa olmayapti. 2019 yili Rimdan bir ochko olib qaytgan florentsiyaliklar keyingi to‘rtta bellashuvda maydonni boshi egik holda tark etdi.

“Roma” muxlislari birinchi turda ham hujum chizig‘ida Eldor Shomurodov to‘p tepishini istamoqda. Ularning fikri bilan tanishing:

Sestino Sabelli:

Umid qilamanki,  Mourino hujumkor taktika tanlaydi. Ikkita hujumchini o‘ynatish kerak. Borxa Mayoral va Eldor Shomurodov tandemini ko‘rish qiziq bo‘ladi.

238166952_4308255052568609_4461723317573568420_n

Luciano Bellanova:

Menimcha, hujumda Shomurodov bilan birga Temmi Abraxamni sinab ko‘rish kerak. Ular 60 million evrolik xarajatni oqlashi shart.

Natalino Di Coste:

O‘zbek legioneridan yana zo‘r o‘yin kutyapman.

Niccolò Buonomo

Bo‘lajak uchrashuvda “Roma”ga nafaqat italiyaliklar, balki o‘zbeklar ham muxlislik qiladi.

gol-shomurodova-prinyos-rome-pobedu-nad-trabzonsporom-v-matche-ligi-konferencij_1629403519693110259

Ta’kidlash joizki, italiyaliklar o‘zaro to‘qnashuvda Shomurodov va “Fiorentina” to‘purari Dushan Vlaxovich duelini ko‘rmoqchi. Rossiyalik futbol ishqibozlari esa, “Roma”ga qarshi Aleksandr Kokorin maydonga tushirilishi kutmoqda. Biroq, florentsiyaliklarning yangi bosh murabbiyi Vintsentso Italyano ham hali rossiyalik hujumchiga to‘la ishonch bildirishga shoshilmayapti.

Xullas, “Roma” – “Fiorentina” uchrashuvi ko‘p savollarga javob topib berishi kerak. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

Shomurodovning o‘zi “Roma”ga o‘tgani haqida nimalar dedi?

Vadim Abramov: Shomurodov porlamoqda, O‘runov esa Eldorning izidan borishi mumkin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jumaniyazov Sherali
22/08/2021 12:20
Имкониятлар деярли тенг экан.Ромага омад.Элдордан гол кутамиз.
Sattorov Xayriddin
21/08/2021 22:54
Eldor ursinda iktami uwtami
&
Турсун Ғани
21/08/2021 21:29
Насиб қилса эртага Элдор ўзининг голли сериясини давом эттириб, римлик муҳлислари ва ватандошларини яни бизнинг ҳурсандчилигимизга сабабчи бўлиб , голлар уришда давом этади. Омад ёр бўлсин Элдор. Биз сенга ишонамиз. Фақат олға боссс...