Shomurodov bugun sobiq jamoasiga yarim million evro ishlab berdi

  • 23 may, 2021, 01:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Jenoa” Italiya A Seriyasi 38-turida o‘z maydonida “Kalyari”ni qabul qildi.

Shu kuni o‘zbekistonlik futbolchi tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi va “Jenoa” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, "Jenoa" va "Rostov" o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, agar Eldor mavsum oxirigacha "gol+pas" tizimida 10 ochko jamg‘arsa, A Seriya klubi rus jamoasiga qo‘shimcha 500 ming evro bonus to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” Shomurodovni 2020 yilning 1 oktyabr kuni 7,5 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Eldor o‘tgan davr mobaynida A Seriyada o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Bu "gol+pas" tizimida 10 ochko deganidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
LiViRpUl+ GeNeO
23/05/2021 09:16
Agar gol urmay yoki o'yinga tuwmaganda atayin qilgan der edi eldor haqli iwni qildi omadini bersin o'zbekni kimligini kursatib quy