Shomurodov dubly qayd etgan o‘yinda uning harakatlarida qanday baholandi?

  • 11.04.2026 20:02
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol

Turkiya Superligasining 29-turidan o‘rin olgan bahsda "Istanbul Boshakshehir" o‘z uyida "Genchlerbirligi" jamoasini 3:0 hisobida taslim qildi.

E’tiborli­si, mazkur o‘yinda Eldor Shomurodov dubl qayd etib, "Boshakshehir"ning g‘alabasiga katta hissa qo‘ydi.

Uchrashuvdan so‘ng bir qator statistik portallar futbolchining harakatlarini baholadi. Unga ko‘ra, "Fotmob" vakilimizni 8.9 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" 8.7 ball qo‘ydi. Shuningdek, "Flashscore" esa 8.6 ball bilan baholadi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda to‘purarlar poygasida u 18 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
11/04/2026 22:40
Bos Eldor.