Shomurodov dubly qayd etgan oʻyinidan soʻng nimalar dedi?
Turkiya Superligasining 29-turidan o‘rin olgan bahsda “Istanbul Boshakshehir” o‘z maydonida “Genchlerbirligi”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdan so‘ng ikki gol muallifi bo‘lgan Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men gol urishimni kutgan edim, lekin avval ham aytganimdek, men uchun eng muhimi — jamoaning g‘alaba qozonishi. Bu g‘alaba biz uchun juda muhim edi, chunki biz Yevropa kuboklari yo‘llanmasi uchun kurashyapmiz. Bugun o‘yinni yaxshi boshladik va o‘zimizni yaxshi his qilyapmiz. Oldimizda yana 5 ta muhim uchrashuv bor.
Bugun birinchi bo‘limda juda yaxshi harakat qildik. Raqib himoyasida ko‘plab bo‘sh joylar va pozitsiyalar topdik, shuning uchun ham gollar urildi. Bundan keyin ham maqsadimiz Yevropa ligasiga yo‘l olish”, — dedi Shomurodov.
Ma’lumot uchun, hujumchi to‘purarlar poygasida 18 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar