Shomurodov faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi mumkin
FIFA kunlari munosabati bilan milliy chempionatlarda qisqa muddatli tanaffus e’lon qilingan edi. Xususan, A Seriya jamoalari ham hozircha chempionatning navbatdagi qismiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mutaxassislar jamoalarning liganing dastlabki qismidagi o‘yinlari, futbolchilarning ishtiroki, transferlarning samarasini tahlil qilmoqda.
Italiya futboligi yoritib kelayotgan https://www.calciocasteddu.it sayti Jakomo Dessi “Kalyari” yozgi transferlar davrida jamoaga taklif etilgan yangi o‘yinchilar haqidagi ma’lumotlarni keltirdi.
- “Kalyari”ning yangi o‘yinchilaridan bir nechtasi hali muxlislar va murabbiylar ishonchini oqlay olgani yo‘q. Biroq bu holatga tushgan o‘yinchilarning aksariyatida bunga etarlicha sabab bor. Himoya vakillaridan polshalik Mateush Veteska va gretsiyalik Pantelis Xatsidiakos jamoaga ancha kech qo‘shildi va moslashish uchun vaqt talab etiladi.
Tarkibga transfer bozorining oxirida qo‘shilgan va eng qimmat o‘yinchi maqomidagi Andrea Petanya “Bolonya”ga qarshi debyut uchrashuvida jismoniy muammoga duch keldi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, faqatgina Eldor Shomurodov talab darajasida o‘ynay olmayotganini oqlovchi omil yo‘q.
Chunki o‘zbekistonlik legioner jamoaga boshqalardan ancha erta qo‘shildi va mavsum oldi tayyorgarligini to‘liq o‘tadi. Afsuski, 28 yoshli forvard hali ham eng yuqori sport formasiga chiqa olgani yo‘q. Ko‘pchilik Shomurodovdan “Jenoa”da ko‘rsatgan mahoratini va “Roma”dagi ayrim yorqin o‘yinlarini yana bir bor namoyish qilishni talab qilyapti.
Shomurodovda futbolchi sifatida ajoyib xislatlar bor, lekin u keyingi paytda klublar miqyosidagi o‘yinlarda bu xususiyatlaridan foydalana olmayapti.
Shu tariqa, o‘zbek futbolchisi klub rahbariyati uchun yagona o‘zini oqlamagan transfer sifatida muammo bo‘lib turibdi. Agar Shomurodoq qisqa fursatda vaziyatni o‘nglamasa, “Kalyari” mutasaddilari yanvarda uni ortga qaytarib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Eldorni Sardiniyaga taklif qilgan bosh murabbiy Klaudio Raneri ham “Milan”ga qarshi o‘yindan keyin legionerni ogohlantirdi.
- Shomurodovning vaqti oz qoldi, chunki bir oydan keyin men tarkibga Lapadulani qaytaraman, - dedi “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri.
Perulik to‘purar safga qaytishi bilan Shomurodovning o‘yin vaqti yanada qisqaradi, hatto qolgan hujumchilar uni loyihadan siqib chiqarishi ham mumkin.
Xalqaro uchrashuvlarga berilgan tanaffusdan foydalanib, Shomurodov o‘z imkoniyatlarini to‘liq ko‘rsatishga tayyor bo‘lishi kerak. Oldinda jamoani to‘g‘ridan to‘g‘ri raqiblar – “Salernitana”, “Frozinone” va “Jenoa”ga qarshi uchta muhim uchrashuv kutib turibdi. Bu bahslarda Shomurodov yo hal qiluvchi kuchga aylanadi, yoki sport direktori Bonato uni yanvarda Trigoriyaga qaytarish bo‘yicha ish boshlaydi, - degan fikrlarni o‘rtaga tashladi sayt eksperti Jakomo Dessi.
Ta’kidlash lozimki, Eldor Shomurodov joriy mavsumda “Kalyari”ning sakkizta uchrashuvidan barchasida qatnashgan besh futbolchidan biri. Biroq hamyurtimiz hali biror samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.
Shomurodov A Seriyaga o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasining Xitoyda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yubordi.
“Kalyari” qisqa tanaffusdan keyingi o‘yinini 22 oktyabr kuni safarda “Salernitana” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Evropa klubi qiziqish bildirgan Fayzullaevga rossiyalik mutaxassis maslahat berdi
Shomurodov faoliyatini davom ettirishi uchun besh variant!
Manba: Shomurodov baribir “Kalyari”dan ketadi!
Evropada O‘zbekiston o‘yiniga e’tibor qaratishdi
“Lans”: Husanov uchun hali hammasi oldinda
Shomurodov - arzon jamoaning qimmat o‘yinchisi!
Fikrlar