Shomurodov gol urgan, Fayzullaev penalti ishlab bergan o‘yinda necha ball oldi?
Turkiya Superligasining 23-turida "Istanbul Boshakshehir" safarda "Alanyaspor"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur uchrashuvda hamyurtlarimiz Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Fayzullaev ishlab bergan penaltini Shomurodov golga aylantirib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Futbolchilarimiz o‘yini qator statistik portallar tomonidan baholandi. Jumladan, SofaScore Eldor Shomurodovga 6,7 ball, Abbosbek Fayzullaevga esa 7,1 ball qo‘ydi. FotMob portali har ikki futbolchini 7,5 ballga loyiq deb topdi. Flashscore esa Shomurodovga 7,1 ball, Fayzullaevga 7,2 ball berdi.
Ma’lumot uchun, Nuri Shahin shogirdlari keyingi turda "Konyaspor"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar