Shomurodov gol urgan o‘yindan so‘ng jamoa bosh murabbiyi futbolchilarni maqtadi

  • 15.12.2025 03:42
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 16-turida “Samsunspor” o‘z maydonida “Istanbul Bashakshehir”ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bahs yakunlangach, mehmonlar bosh murabbiyi Nuri Shahin jamoasining o‘yinini yuqori baholadi.

“Biz uchun juda muhim g‘alaba. Kuchli raqibga qarshi qo‘lga kiritilgan juda muhim 3 ochko. O‘yinning boshidan oxirigacha g‘alabani haqli ravishda qo‘lga kiritdik, deb o‘ylayman. Jamoam juda yaxshi o‘ynadi. Rejalashtirgan barcha jihatlar  to‘p bilan ham, to‘psiz ham  maydonda to‘liq amalga oshirildi. Natijada bu erdan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytyapmiz. Juda xursandman”, — dedi Shahin.

Murabbiy so‘zida davom etib, futbolchilarini alohida ta’kidladi:

“Bu o‘yin biz uchun muhim o‘tish bosqichi edi. Shu sabab futbolchilarimni tabriklayman. Klubdagi barcha xodimlarga, jamoa atrofida mehnat qilayotgan har bir insonga minnatdorlik bildiraman. Chunki hamma juda katta mehnat qilyapti. Bugun buning natijasini ko‘rganimiz uchun yanada xursandman. Ochig‘ini aytganda, bu uchrashuv oson kechmadi. Juda qiyin bahs bo‘ldi. Chunki “Samsunspor” sifatli jamoa, tarkibida kuchli futbolchilar bor. Yakka kurashlarning aksariyatida ustun bo‘ldik, pozitsion o‘yinni ham yaxshi olib bordik. Natijada 3 ochkoni qo‘lga kiritdik”.

Ma’lumot uchun, ushbu bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shomurodov bellashuv davomida 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!