Shomurodov gol va assist qayd etgan o‘yini haqida gapirdi

  • 16.12.2025 02:52
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshehir"ning "Samsunspor" (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

"Avvalo, g‘alaba qozonganimizdan juda xursandman. Biz o‘z o‘yin saviyamizni yuqori darajaga ko‘tarib oldik. Agar 3 ochkoni qo‘lga kiritishni istasak, aynan shu tarzda davom etishimiz kerak. Jamoaning bugungi g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan juda mamnunman", — dedi Shomurodov.

Ma’lumot uchun, ushbu bellashuvda hujumchi o‘z hisobiga 1 ta gol va 1 ta assistni yozdirib qo‘ydi. Ayni paytda Eldor Turkiya Superligasi to‘purarlar ro‘yxatida 11 gol bilan peshqadam hisoblanadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!