Shomurodov ikkita gol urgan jamoa hujumchilarini o‘zgartiradigan bo‘ldi

  • 6 iyul, 2021, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning o‘tgan mavsumida Eldor Shomurodov “Atalanta” jamoasi darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgandi. Endi bu jamoa asosiy hujumchilari – Duvan Sapate va Luis Marielga o‘rinbosar qidirmoqda.

Tecno

Bergamoliklar yaxshi taklif bo‘lsa, yozda bu hujumchilarni sotib yuboradi. Ularning o‘rniga “Torino” hujumchisi Andrea Belotti taklif qilinadi.

Bir paytlar transfer summasi 100 million evrogacha ko‘tarilgan Belottini ayni paytda 25-30 million evroga qo‘lga kiritish mumkin.

Belottiga “Atalanta”dan tashqari “Milan”, “Inter” va “Roma”dan jiddiy takliflar bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!