
Shomurodov jamoasida bugun o‘ynamaydigan futbolchilar nomi oshkor qilindi
Toshkent vaqti bilan 23:45 da Verona shahridagi “Mark-Antonio Bentegodi” stadionida mezbon “Verona” to‘rtinchi tur uchrashuvida “Jenoa”ni qabul qiladi.
Ushbu uchrashuvda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning debyut qilishi kutilmoqda.
Ta’kilash joizki, genuyaliklarda tarkib borasida muammolar etarli. Xususan, oktyabr oyining dastlabki kunlarida 17 nafar futbolchida koronavirus infektsiyasi aniqlangan edi. Ularning bir nechtasi sog‘ayib, safga qaytdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, koronavirusga yo‘liqqan etti nafar futbolchi bugungi o‘yinda jamoasiga yordam berolmadi. Davide Dzappakosta, Lukas Lerager, Franchesko Kassata, Mattia Destro, Petar Brlek, Darian Males va Domeniko Krishito koronavirusdan tuzalgani yo‘q. Ular hamon karantin va shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Fikrlar