
Shomurodov mavsumning ikkinchi qismini qaysi jamoada o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
Mavsumni “Kalyari” safida ijarada o‘tkazayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovga A Seriyaning boshqa bir klubi – “Salernitana” jiddiy qiziqish bildirayotgani va davralar oralig‘ida uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq, taniqli jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishcha, “Salernitana” rahbariyati "Roma" bilan Eldorning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan, ammo "Kalyari" Shomurodovni ijara muddati yakuniga qadar tarkibda saqlab qolishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik hujumchining ijara muddati joriy yilning iyunida tugaydi.
Fikrlar