Shomurodov “maxsus” terma jamoaga tushdi!

  • 26 dekabr, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sportga ixtisoslashgan https://sport.sky.it sayti Italiya chempionati A Seriyasida eng kam vaqtiga ega bo‘lgan kuchli futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Bu ro‘yxat qishki transferlar mavsumi oldidan yaxshi saviyadagi o‘yinchilarni islayotgan klublar uchun yaxshi ma’lumotnoma bo‘lib xizmat qiladi.

Darvozabon: ALESSIO KRANЬO

Jamoasi: Montsa

Ligada o‘ynagan daqiqasi: 0

Ilk marotaba A Seriyada yo‘nayotgan “Montsa”ga katta umidlar bilan kelgan “Kalyari” darvozaboni ichki raqobatda Li Gregorioga yutqazdi va birinchi raqamni egallay olmadi.

1555829341_cragn

O‘ng qanot himoyachisi: RIK KARSDORP

Jamoasi: Roma

Ligada o‘ynagan daqiqasi: 549

Aslida niderlandiyalik himoyachi asosiy tarkib vakili edi. “Sassuolo”ga qarshi uchrashuvdagi qo‘pol xatosidan keyin Joze Mourino undan foydalanmaydigan bo‘ldi.

Markaziy himoyachi: BREM NYuTINK

Jamoasi: Udineze

Ligada o‘ynagan daqiqasi: 383

Uzoq yillar himoya markazining tayanchi bo‘lgan futbolchi bu mavsumni shiddatli o‘tkazayotgan Bixol va Peres kabi yoshlarga bas kelolmadi. Nyutinkni “Montsa” va “Salernitana” o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Markaziy himoyachi: MARIO JILA

Jamoasi: Latsio

Ligada o‘ynagan daqiqasi: 87

Yozgi transferlar davrida “Real”dan 6 million evroga olingan ispan futbolchisiga A Seriya og‘irlik qilmoqda. Bosh murabbiy Sarri 22 yoshli futbolchini asosan Evropa ligasida o‘ynatmoqda.

Chap qanot himoyachisi: MATTEO RUJERI

Jamoasi: Atalanta

Ligada o‘ynagan daqiqasi: 112

“Salernitana”da bir mavsum o‘ynaganidan keyin yana Bergamo shahriga qaytgan himoyachi bosh murabbiy Gasperiniga jamoa uchun kerakli o‘yin ekanini isbotlay olmadi. 20 yoshli himoyachi ichki raqobatda o‘z jamoadoshlarini enga olmayapti.

O‘ng qanot yarim himoyachisi: ShIMON JURKOVSKI

Jamoasi: Fiorentina

Ligada o‘ynagan daqiqasi: 30

O‘tgan mavsum “Empoli”ning eng yorqin o‘yinchilaridan bo‘lgan bu futbolchi Florentsiyaga qaytganidan keyin o‘yin amaliyotini yo‘qotdi. “Fiorentina” uni asosan Konferentsiyalar ligasila maydonga tushirmoqda. Polshalik yarim himoyachini kamida uchta klub o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Pleymeyker: DIEGO DEMME

Jamoasi: Napoli

Ligada o‘ynagan daqiqasi: 20

Avvaliga mavsum boshidagi jarohat uni o‘yindan chiqardi. Lobotka maydon markazini qo‘lga olganidan keyin Diegoga boshlang‘ich tarkibda umuman “non” qolmadi. Futbolchi qishda jamoadan ketadigan bo‘lyapti.

Chap qanot yarim himoyachisi: ROBERTO GALЬYaRDINI

Jamoasi: Inter

Ligada o‘ynagan daqiqasi: 173

Bu futbolchi ham jamoaning asosiy tarkibidagi joyini yo‘qotib bo‘lgan. Uning milanliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Murabbiylar shtabi unga imkon bermaydi. Liga autsayderlari tajribali yarim himoyachini o‘z safiga chorlayapti.

Hujumkor yarim himoyachi: ROBERTO SORIANO

Jamoasi: Bolonya

Ligada o‘ynagan daqiqasi: 637

Bu futbolchi avvalgi mavsumlardagi kabi tezkorlik namoyish qila olmayapti. Jamoani Tyago Motta qabul qilib olganidan keyin, Robertoni zaxiraga mixlagan.

Hujumkor yarim himoyachi: JEREMI BOGA

Jamoasi: Atalanta

Ligada o‘ynagan daqiqasi: 74

“Sassuolo”da zo‘r o‘ynagan Boga “Atalanta”da so‘nib qoldi. Qolaversa, muhim pallada jarohat olgani unga qimmatga tushdi. Bogani anchadan beri “Lester” o‘z safida kutyapti.

Hujumchi: ELDOR ShOMURODOV

Jamoasi: Roma

Ligada o‘ynagan daqiqasi: 115

Joze Mourino hujum markazini Temmi Abraxam va Andrea Belottiga topshirib qo‘ygan. Ayrim vaziyatlarda portugaliyalik murabbiy Shomurodovga emas, yosh futbolchilarga tayanmoqda. Eldorning kelajagi “Roma”dan boshqa tomonlarda. Hujumchiga bir necha klub da’vogarlik qilmoqda. So‘nggi pallada “Torino”ning imkoniyati yuqori baholanyapti.

photo_2022-12-24_17-08-02

Transfer mutaxassislari qishki transferlar oynasida A Seriyada aynan mana shu futbolchilarning xaridorlari ko‘p bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Moskva klubi hujumchimizni olishiga nima to‘sqinlik qilmoqda?

Shomurodov transferiga bir qadam qoldi, biroq “Roma” xalaqit qilmoqda!

Shomurodov oldida yana bir yangi variant paydo bo‘ldi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!