
Shomurodov o‘ynagan o‘yinda "Jenoa" g‘alaba qozondi (video)
Italiya A Seriyasining 17-turida “Jenoa” o‘z maydonida “Bolonya”ni qabul qildi.
Mixa Zayts (44') va Mattia Destro (55') tomonidan kiritilgan gollar evaziga genuyaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Biz uchun ahamiyatlisi, “Jenoa”dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov shu kuni asosiy tarkibda maydonga tushdi va 81 daqiqa harakat qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar