Shomurodov super gol urganidan keyin nimalar dedi?

  • 3 aprel, 2023, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatining 28-tur uchrashuvi Eldor Shomurodov uchun omadli keldi. La Spetsiya shahridagi “Alberto Pikko” stadionida “Spetsiya” futbolchilari musobaqa jadvalida o‘zlaridan bir pog‘onada yuqorida turgan “Salernitana” jamoasini qabul qildi.

Har ikki jamoa yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgani bois natija uchun o‘ynadi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mezbonlar himoyalanishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Raqib hujumchisi Kshishtof Pyontikka pas etib bormasligi uchun to‘pni tepib yuborishga uringan Mattia Kaldara kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

“Spetsiya” futbolchilari o‘z muxlislari qo‘llab-quvvatlashi ostida vaziyatni o‘nglash uchun anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida “Salernitana” himoyachisi xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni to‘xtata olmadi. Bu vaziyatni to‘g‘ri baholagan Eldor Shomurodov darvoza tomon hujum uyushtirdi va mashhur darvozabon Gilermo Ochao  ustidan to‘pni oshirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifi bo‘ldi.

0ba1d94b6e7b1c57a517260c4e682a36-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_700Xh_700

Qolgan daqiqalarda “Spetsiya” vakillarida g‘alabani qo‘lga kiritish uchun bir necha qulay vaziyat yuzaga kelgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmay qoldi – 1:1.

Curva Ferrovia internet tarmog‘i jurnalistlari uchrashuvdan so‘ng o‘yin qahramoni Eldor Shomurodovdan flesh-intervyu oldi.

- Birinchi golimni urganimdan juda xursandman. Anchadan beri quruq seriya davom etayotgani bois, buni juda xohlagandim. Men kiritgan to‘p jamoamning ijobiy natija qayd etishiga xizmat qilganidan mamnunman.

To‘p kiritmaganimga bir yil bo‘lgandi, lekin har doim gol urishga intilib kelganman. Hech qachon harakatdan to‘xtamadim, o‘z ishimni har doim yaxshiroq bajarishga urinaman. Mana bugun darvoza to‘rini ishg‘ol qilishni uddaladim.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida o‘zimiz istagandek o‘yin namoyish qila olmadik. “Salernitana”ga maydonni berib qo‘ydik. Lekin bellashuvning ikkinchi yarmida boshqacha ishtiyoq bilan maydonga tushdik. O‘zimizga ishonchimiz ortgan holda,bosim va tezkorlikni oshirdik. G‘alabaga loyiq edik, lekin ozgina etmadi.

Muxlislarimiz o‘yin avvalidan bizni qo‘llab-quvvatlab turdi va ularning xafsalasini pir qila olmasdik. Biz yuqori diviziondagi joyimizni saqlab qolishga ishonamiz va buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solyapmiz, - dedi Eldor Shomurodov.

“Spetsiya” navbatdagi durang natijadan keyin musobaqa jadvalida hamon 17-pog‘onani egallab turibdi. Biroq, eng yaqin ta’qibchi – “Verona” bu turda mag‘lubiyatga uchragani tufayli oradan farq olti ochkoga etdi.

29-turda Leonarda Semplichi shogirdlarini juda qiyin uchrashuv kutib turibdi. 8 aprelga belgilangan to‘qnashuvda “Spetsiya” Evropa kuboklari yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “Fiorentina” mehmoni bo‘ladi.  

gettyimages-1247771793-612x612

"Fiorentina" va "Spetsiya" o‘rtasidagi bo‘lajak bahs Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
02/04/2023 22:19
Элдорга омад ёр бўлсин !
&
Olimov shavkat
02/04/2023 21:23
Tabriklaymiz biz senga ishonamiz olg'a shomirodov
Odil Kilichov
02/04/2023 21:08
Табриклайман Элдорни