Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Shomurodov va Fayzullaev “Bashakshehir”ni Evropaga olib chiqishi mumkin! Buning uchun faqat bitta shart bor

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Nuri Shahin shogirdlarining ochkolari soni 57 taga yetdi va jamoa 5-o‘rinni egalladi.

Turkiya Superligasining so‘nggi 34-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. “Istanbul Boshakshehir” mavsumdagi oxirgi o‘yinni safarda “Gaziantep”ga qarshi o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvda Eldor Shomurodov gol urgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullaev assist amalga oshirdi.

G‘alabadan so‘ng Nuri Shahin shogirdlarining ochkolari soni 57 taga yetdi va jamoa 5-o‘rinni egalladi. Ushbu o‘rinni egallagan klub kelasi mavsum Konferensiyalar ligasida ishtirok etishi mumkin.

Agar Turkiya kubogi finalida “Trabzonspor” “Konyaspor”ni mag‘lub etsa, istanbulliklar evrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Sababi chempionatda kuchli to‘rtlikka kirgan jamoa Turkiya kubogini ham yutsa, yana bitta yo‘llanma liga orqali taqdim etiladi. Shu tariqa, 5-pog‘onani egallagan jamoa Konferensiyalar ligasida qatnashadi.

Ma’lumot uchun, “Trabzonspor” 69 ochko jamgarib, turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q