Shomurodov va yana ikki o‘yinchi Mourino orzusining “qurboni”!

  • 30 iyul, 2022, 16:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino orzusidagi futbolchi – PSJda o‘zini ko‘rsata olmagan Jorjino Veynaldumni olish uchun bir necha o‘yinchisidan voz kechmoqda.

Il Romanista nashrining yozishicha, portugaliyalik mutaxassis Veynaldum transferiga pul topish maqsadida Eldor Shomurodov, Jastin Klyuyvert va Karles Peresni boshqa klublarga o‘tkazib yuborishga qaror qilgan.

Ayni paytda Shomurodovga “Montsa”, “Sassuolo”, “Torino”, “Bolonya” kabi klublardan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Eldorda faoliyatini Germaniyada davom ettirish varianti ham bor.

“Roma”dan ketishi kutilayotgan Karles Peresga Frantsiya va Ispaniyaning bir necha jamoalaridan, Jastin Klyuvertga sobiq jamoasi “Nitstsa” va Angliyaning “Fulxem” klubidan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!