Shomurodov yo‘qolib qoldi!

  • 10 may, 2021, 04:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 35-turida “Jenoa” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qilib, 1:2 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi. Aslida joriy mavsumda raqib ancha kuchli o‘yin ko‘rsatyapti va haqli ravishda Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

“Sassuolo” joriy mavsumda safar o‘yinlarida nafaqat “Jenoa”, “Spetsiya”, “Bolonya”, “Verona”, “Krotone”, “Benevento” kabi kamtarroq jamoalar, balki “Napoli”,  “Sampdoriya”, “Milan” singari nomdor va kuchli klublari maydonidan ham uch ochkodan olib qaytgani e’tiborga molik.

Genuyadagi uchrashuv ham to‘liq ravishda “Sassuolo” futbolchilari ustunligida o‘tdi. Roberto De Dzerbi shogirdlaridan Jakomo Raspadori va Domeniko Berardi mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. "Jenoa"ning yagona javob to‘pi himoyachi Davide Dzappakosta hisobiga yozildi.

Ko‘rinib turibdiki, “Jenoa” bosh murabbiyi Davide Ballardini shu kuni tarkibdagi deyarli barcha hujumchilar – Goran Pandev, Mattia Destro, Eldor Shomurodov, Janluka Skamakka, Marko Pyatsa xizmatidan foydalangan bo‘lsa-da, ulardan hech biri raqib darvozasi tomon yo‘l topa olmadi.

3125104-64057808-2560-1440 (1)_1

Avvalgi ikkita uchrashuvda ikkita gol urgan Eldor Shomurodov o‘yinga ikkinchi bo‘limda qo‘shildi. Biroq, legionerimiz ham butun jamoa singari o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi. Genuyalik muxlislar Shomurodovning o‘yiniga turlicha munosabat bildirmoqda.

E’tiboringizga “Jenoa” ishqibozlarining hamyurtimiz haqidagi firk-mulohazalarini havola etamiz.

Gianni Riselli:

Men bosh murabbiy Eldor Shomurodovni nega boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirmaganini umuman tushunmadim. O‘zbek legioneri oxirgi ikkita uchrashuvda bir juft gol urdi. Lekin Davide Ballardini qariya Goran Pandevga nimanidir eplashini kutmoqda.

Vincenzo Cembrola:

Pandev oxirgi 11 ta uchrashuvda erishgan natijasini Shomurodov butun mavsumda qayd etolmaydi.

Luca Perfetto:

Shomurodov maydonda hech narsa qila olmadi. Skamakka va Pyatsaga ko‘proq vaqt berish kerak edi.

Tony Napolano:

Oldin Shomurodov ikkinchi bo‘limda maydonga tushsa, zo‘r o‘ynaydi, deb ishonardim. Bu gal u yo‘qolib qoldi.

Davide Nappi (Tony Napolano fikriga javoban):

“Sassuolo”ga qarshi uchrashuvda faqat Shomurodov emas, butun jamoa ko‘ringani yo‘q. Bunaqa vaziyatda zaxiradan tushib, nimgadir erishish juda qiyin.

Carmine Auletta:

Biz hisobda ortda qolayotganimizda Ballardini zaxira imkoniyatlaridan noto‘g‘ri foydalandi. Birinchi bo‘lib Marko Pyatsani maydonga tashlash kerak edi. Keyinroq, Shomurodov va Skamakkani o‘yinga tushirganida foyda ko‘proq bo‘lardi.

Salvino Ferrarini:

Hujumda butunlay parokandalikka uchradik. Bu tarkib noto‘g‘ri tanlaganining oqibati. Pandevni o‘yinga tushirish kerak emasdi. Hujumga ilk daqiqalardan Destro va Shomurodovni qo‘yganda yaxshi bo‘lardi. Eldor oxirgi ikki bahsda ikkita gol urgandi.

18597042_0_36_1917_1114_1920x0_80_0_0_7c89eaf106c4f69f4531bbd3decf87a3

Renato Benincasa:

Shomurodov topishmoq o‘yinchi. Ikkita uchrashuvda, bir juft gol urgandi, uchinchi o‘yinda to‘pga tekkani ham yo‘q. Uning beqaror o‘yini o‘zida bor iste’dodning to‘liq ochilishiga to‘sqinlik qilyapti.

Bosh bilan urish mana bundoq bo‘ladi! Xet-trik qilgan legionerimiz to‘purarlar poygasida etakchiga aylandi

Transfermarkt o‘zbekistonlik to‘purarning Angliya klubiga o‘tish imkonini baholadi!

A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti!

Ikki klub O‘runov sababli tortishyapti!

Shomurodovning ortidan kim boradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
10/05/2021 04:18
Дженоа химояни умуман маззаси йук, факат йук жойдан гол утказиб юборади, ярим химоя хам химоядан колишмайди, Элдор Сассуола, Верона каби уртамиенарок жамоага утса уйини янада очилиб кетади, дженоа таркиби Россиянинг уртамиена жамоасидан хам кучсиз!
&
@Saidjon
10/05/2021 04:08
Bu jerona xujumchilarga Kam top uzatarkan Womurodovgayam kam top tegdi imkonyatlar deyarli bolmadi bazida yakama yaka kurawlarda topni ogizib qoydi bu safar oyini qovushmadi oyinda wunaqasiyam bolib turadi messi ronoldolardayam xoziram wunaqa xolatlar kuzatiladi Shomurodovni oyinlariga omad
&
Abdushukurov O
10/05/2021 04:49
Tan olish kerak, Sassuolo kuchliroq edi.Lekin, Shomuro
&
Abdushukurov O
10/05/2021 04:50
Lekin, Shomurodov asosiy tarkibda tushishi kerak edi.