Transfermarkt o‘zbekistonlik to‘purarning Angliya klubiga o‘tish imkonini baholadi!

  • 7 may, 2021, 07:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevga Angliya premer-ligasining “Sheffild Yunayted” klubi qiziqayotgani haqida xabar tarqatilgan edi. Albatta, bu xabar o‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboridan chetda qolmadi.

Keyinroq, ayrim nashrlarda Igor Sergeevning agenti futbolchiga Evropaning kuchli klublaridan takliflar borligini, transfer bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilayotganini  tasdiqlagan va o‘zbekistonlik hujumchiga xaridor bo‘layotgan jamoalar nomini sir tutishni ma’qul ko‘rgani haqida maqolalar chop etilgan edi.

serg_2

Ma’lumotlarga qaraganda,  “Paxtakor” tarbiyalanuvchisiga Osiyoning bir necha klublaridan ham takliflar bor. Biroq, Sergeevning maqsadi Evropa mamlakatlarida to‘p tepish. Bundan tashqari, hamyurtimiz qishda Ruminiya klublaridan bo‘lgan aniq chorlovlarga ham rad javobini bergani Sergeev oldiga kattaroq maqsadlarni qo‘yganidan dalolat bermoqda.

Aslida Igor Sergeev yangi mavsumda kelib qo‘shilgan “Aktobe” ham Evropa jamoasi hisoblanadi. Chunki Qozog‘iston futboli mutasaddilari bir vaqtlar UEFA tarkibiga qo‘shilishni ma’qul topgan.

“Aktobe” Qozog‘iston premer-ligasida yorqin o‘yin ko‘rsata olmayotgan bo‘lsa-da, Igorning hujumchi sifatida natijalari yomon emas. Hamyurtimiz jamoaning asosiy hujumchisi hisoblanadi va hozircha to‘qqizta uchrashuvda raqiblar darvozasini uch marotaba aniq nishonga oldi. Ayniqsa, “Ordabasi”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda maydon markazidan gol urgani muxlislarga juda manzur bo‘ldi.

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali mutaxassislari “Sheffild Yunayted”ning o‘zbekistonlik hujumchini kuzatayotganiga e’tibor qaratdi. Ekspertlar Igor Sergeevning Angliya premer-ligasiga ko‘chish imkoniyatini 3 foizga baholamoqda. Shuningdek, transfermarkt portali hujumchimizning transfer summasini 1,5 million evroga loyiq ko‘rgan.  

e66183a3-4328-45f9-aebd-a5261260ce62

Nima bo‘lgan taqdirda ham, Angliya klubining ancha olisdagi chempionatda to‘p surayotgan futbolchiga e’tibor qaratishi yoqimli holat. Agar Sergeevning agenti ta’kidalaganidek, hujumchiga Evropaning kuchli jamoalaridan taklif bo‘lsa va bu transfer amalga oshsa, bu milliy terma jamoamiz manfaatlariga xizmat qilishi shubhasiz.

Igor Sergeev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yilda asosiy tarkibda debyutini nishonlagan. 28 yoshli hujumchi o‘tgan yili “Paxtakor”ning O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi eng zo‘r to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan edi. Sergeev o‘zini tarbiyalagan klub uchun milliy chempionatda 180 ta uchrashuv o‘tkazib, gollari sonini 101 ta etkazdi.

Shuningdek, Igor faoliyati davomida Xitoy chempionatida “Beytszin Goan” (14 ta o‘yin, bitta gol) hamda Birlashgan Arab Amirliklarida “Az-Zafra” (6 ta o‘yin, bitta gol) sharafini himoya qilgan. 

Tajribali hujumchi “Paxtakor” safida to‘rt karra O‘zbekiston chempioni, ikki karra mamlakat kubogi sohibi, bir bor chempionat bronza medali sovrindori bo‘lgan. Bundan tashqari, Igor Sergeev 2015 yilgi chempionat yakunlariga ko‘ra, musobaqaning eng yaxshi to‘purari  unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

Igor Sergeev ilk marotaba O‘zbekiston milliy terma jamoasiga 2013 yilning 10 sentyabrida Iordaniyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jalb qilingan edi. 15 oktyabr kuni terma jamoamiz safidagi ikkinchi o‘yinida Vetnam darvozasini ishg‘ol qilib, debyut golini kiritgan. Shundan beri, bosh jamoa tarkibida 54 ta bellashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marta aniq nishonga olgan.

kfO6HB14757305005280_b

Igor Sergeev O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘purarlari reytingida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Faoliyatini davom ettirayotgan  futbolchilardan faqat asosiy hujumchi Eldor Shomurodov (21 ta gol) va jamoa sardori Odil Ahmedovdan (20 ta gol) ortda qolmoqda.

A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti!

Ikki klub O‘runov sababli tortishyapti!

Shomurodovning ortidan kim boradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
07/05/2021 15:56
гейовни англияда ўйнаши ешакни мерседес бенс билан пойгалашиидай гап.
&
Rescara
07/05/2021 16:41
Шу гапларга Сергеевни узиям ишонмаса керак
&
кола лига
07/05/2021 11:40
руминияни отказ қилиб қозоқа рози булибдида энди ингилизлар қизиқаётган эмиш,сал қозиқда турадиган гапларни ёзинглар мухлислар ахмо ҳар балога ишониб кетовуради деб уйласанга хато қиласила лекин
&
Abdushukurov O
07/05/2021 04:38
Yo'q buzoqqa qoziq qoqmanglar. maqolalaringni aksariyati ishonchsiz !
Nishonov Obidjon
07/05/2021 21:29
Seygayev ham piarni boshlabdida