Shomurodovga to‘pni oldirib qo‘ygan Ronaldu eng zo‘r futbolchi bo‘ldi

  • 25 dekabr, 2020, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

WhoScored statistika portali A Seriya futbolchilarining har bir uchrashuvda olgan ballari asosida joriy mavsumning eng kuchli o‘yinchilarini aniqladi. Unga ko‘ra, o‘rtacha hisobda 7,8 ballga ega bo‘lgan “Yuventus” yulduzi Krishtianu Ronaldu eng yaxshi futbolchi bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” va “Yuventus” o‘rtasidagi uchrashuvda Eldor Shomurodov  katta tezlikda hujumga o‘tgan Krishtianu Ronalduga etib olib, undan to‘pni olib qo‘ygan holda xavfni bartaraf etgandi.  

Joriy mavsumning ramziy jamoasiga quyidagi futbolchilar kiritildi: Andrea Konsili (“Sassuolo”, 7.1), Xuan Kuadrado (“Yuventus”, 7.2), Rojer Ibanes (“Roma”, 7.1), Kristian Romero (“Atalanta”, 7.1), Teo Ernandes (“Milan”, 7.6), Domeniko Berardi (“Sassuolo”, 7.6), Rodrigo De Paul (“Udineze”, 7.6), Genrix Mxitaryan (“Roma”, 7.5), Xakan Chalxanoglu (“Milan” 7.6), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, 7.8), Andrea Belotti (“Torino”, 7.6).

Italiya chempionatida 3 yanvargacha ta’til e’lon qilindi. Ayni paytda musobaqa jadvalida kuchli uchlikni “Milan”, “Inter” va “Roma” tashkil qilib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!