Shomurodovga yaxshi xabar!

  • 20 yanvar, 2022, 09:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” so‘nggi sovrinini 2008 yil qo‘lga kiritgan. Bu Italiya kubogi edi. Rim muxlislari joriy mavsumda 100-bor o‘tkazilayotgan turnirda aynan Joze Mourino shogirdlari g‘alaba qozonishini intizorlik bilan kutmoqda.

Bugun tunda, Toshkent vaqti bilan 01:00 da rimliklar “Olimpiko” stadionida V Seriya vakili “Lechche”ni qabul qiladi.

La Gazzetta dello Sport mutaxassislari Joze Mourino bo‘lajak bellashuvda tarkibni rotatsiya qilishidan xabar topdi. Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis hujum chizig‘ida asosiy to‘purar Temmi Abraxam va ikkinchi hujumchi darajasiga ko‘tarilgan Feliks Afena-Gyanga  dam beradi va hujumda Eldor Shomurodov hamda Karles Peres tandemini o‘ynatadi.

Bu Shomurodov uchun yaxshi xabar. Chunki, keyingi paytda Eldorga taqdim etilayotgan vaqt o‘zini ko‘rsatishi uchun etarli bo‘lmayapti. Birinchi navbatda, hujumchi urayotgan gollari bilan qadrlanadi. “Lechche”ga qarshi bahs o‘zbek futbolchisi hali “Roma”ga kerakli ekanini isbotlash uchun yangi imkoniyatdir.

Shuningdek, zaxira o‘yinchisi darajasidan himoyaning ishonchli vakiliga aylangan 21 yoshli Marash Kumbulla ham kubok uchrashuvini boshlang‘ich tarkibda boshlaydi.

“Roma”ni yakshanba kuni “Empoli”ga qarshi safar bahsi kutib turibdi. Joze Mourino A Seriya o‘yiniga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mamlakat kubogi doirasidagi bellashuvda bir necha etakchi o‘yinchilarga dam berishni rejalashtirgani aytilmoqda.

3t9e0fu7sro8pubba06gdo033r_2021-11-07_1414340_venezia-fc-vs-as-roma-20014

“Roma” yangi transferni ko‘zladi

Qishki transferlar vaqtida “Arsenal”dan Eynsli Meytlen-Nayls va “Portu”dan Serjiu Oliveyrani olib, maydon markazini sezilarli darajada kuchaytirgan “Roma” yana bir yangi o‘yinchiga xaridor bo‘lmoqda.

Garchi bosh murabbiy Joze Mourino yanvardagi xaridlardan qoniqqani va boshqa transferga umid qilmasligini bildirgan bo‘lsa-da, klub sport direktori Tyagu Pinto “Levante” etakchisi Xorxe de Frutosni nishonga oldi.

Rimlik mutasaddilar 24 yoshli futbolchi jamoaning hujumkorlik salohiyatini sezilarli darajada kuchaytirishiga ishonmoqda.

Xorxe de Frutosga “Verona” ham jiddiy qiziqish bildiryapti. Biroq universal futbolchining o‘zi nomdorroq hisoblangan “Roma”ga o‘tishga moyil ekani ma’lum qilindi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ispaniyalik futbolchi hujum chizig‘ining turli nuqtalarida samarali o‘yin ko‘rsatishdan tashqari, ikkinchi hujumchi va pleymeykerlik vazifasini ham yaxshi uddalay oladi.

Joriy mavsumda Xorxe Ispaniya chempionatida 17 marotaba o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va to‘rtta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

dcbe8c21311eb98a9cd3603cd6326

Pellegrini qachon safga qaytadi?

O‘yinoldi mashg‘ulotida avvalgi jarohatini qaytalab olgan “Roma” sardori Lorentso Pellegrini yana ma’lum muddat maydondan tashqarida bo‘ladi.

Il Tempo nashrining xabar berishicha, 25 yoshli yarim himoyachi yanvar oyida mashg‘ulot o‘tkazmaydi. U fevraldan mashg‘ulotlarga kirishadi va sport formasini tiklab olishi bilan jamoasiga yordam berishi mumkin bo‘ladi.

Lorentso Pellegrini joriy mavsumda jami 20 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga to‘qqizta gol kiritib, jamoadoshlariga beshta assistni  amalga oshirdi.

Shuningdek, Joze Mourino tajribali markaziy himoyachi Kris Smolling xizmatidan ham foydalana olmaydi. Angliyalik futbolchi joriy mavsumda uchinchi marta jarohatlanib, safdan chiqdi.

rue5b91868f0d_1

Shomurodov oldida yangi sinov, balki endi ishi yurishar?

Mourino avjida. U yana bir futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi!

Rasman: Shomurodovning sobiq jamoasi “Roma”dan futbolchi oldi

“Roma” hujumchidan voz kechib, yangi futbolchi transferini e’lon qildi!

Mourino shogirdlarini kechirmadi. “Roma” asosiy tarkib o‘yinchilaridan voz kecha boshladi!

“Roma”da yaxshi yangilik!

“Yuventus” “Roma” hujumidan futbolchi oladi. U kim ekan?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!