Shomurodovning goli jahon chempionatida eng yaxshilar qatoriga kirdi
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi va sardori Eldor Shomurodovning goli 2026 yildagi jahon chempionatida eng chiroyli gol uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqida Xalqaro futbol assotsiatsiyasi federatsiyasi (FIFA) rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Kongo DR terma jamoasiga qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol etgan edi. Ushbu bahsda afrikaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
FIFA jahon chempionati doirasida urilgan eng yaxshi 12 ta golni saralab oldi, muxlislar ovoz berish jarayoni 48 soat davom etadi. Ro‘yxatdan argentinalik Xulian Al’vares va Lionel Messi (mos ravishda Shveytsariya va Jazoirga qarshi o‘yinlarda), ingliz Jud Bellingem (Fransiyaga qarshi), norvegiyalik Erling Xoland (Braziliyaga qarshi), fransuz Kilian Mbappe (Senegalga qarshi), shuningdek, ispaniyalik Ferran Torresning (Argentinaga qarshi final uchrashuvida) gollari ham joy olgan.
Jahon chempionati 19 iyul kuni yakunlandi. Finalda Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha daqiqalarda Argentina jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar