Shomurodovning jamoasi Turkiya, Qatar va Ispaniyada yig‘in o‘tkazadi

  • 27 dekabr, 2018, 17:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” klubi o‘zining davralar oralig‘ida tashkil etiladigan yig‘in rejalarini ma’lum qildi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga qaraganda rostovliklar dastlab 5-15 yanvar kunlari Turkiyada (Belek) yig‘in o‘tkazadi va «Kukesi» (11 yanvar) hamda «Spartak» Trnava (14 yanvar) jamoalariga qarshi 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

“Rostov”ning ikkinchi yig‘ini esa 18-30 yanvar kuni Qatar poytaxti Doxada bo‘ladi. Nihoyat uchinchi yig‘in esa 4-20 fevral kunlari Ispaniyada o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, “Rostov” ayni damda Rossiya premer-ligasida 24 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!