
Shomurodovning o‘yini hech kimga yoqmadi!
A Seriyaning to‘rtinchi turida “Kalyari” safarda “Bolonya” bilan kuch sinashib, alamli mag‘lubiyatga uchradi.
Garchi hisob Klaudio Raneri shogirdlari tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, mezbon ikkinchi bo‘limda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantira oldi.
Eldor Shomurodov “Kalyari”ning yangi vakili – Andrea Petanya o‘rniga maydonga tushib, to‘liq bir bo‘lim o‘ynadi.
“Kalyari” faoliyatini yoritib kelayotgan https://www.tuttocagliari.net sayti ekspertlari bu o‘yinda jamoa futbolchilarining xatti-harakatlarini quyidagicha baholadi.
Boris RADUNOVICh 5:
Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Karlsson va Zirkzeening zarbalarini qaytarib, o‘zini ko‘rsatdi. Biroq, ikkinchi bo‘limda yanada yaxshiroq o‘ynashi mumkin edi. Ikkinchi gol kiritilgan vaziyatda xato qilib, g‘alabani raqibga berib yubordi.
Gabriela DZAPPA 5.5:
Raqib hujumchisi Karlsson uni ancha qiynab qo‘ydi. Hujum uyushtirishga yordam bera olmadi. O‘rnini 66-daqiqada Deyolaga bo‘shatib berdi.
Alessandro DEYOLA 6:
Raneri tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni bajarishga harakat qildi. Biroq, juda katta foyda keltirgani yo‘q.
Alberto DOSSENA 6:
Iskon qadar raqib etakchisi Zirkziga qarshi turishga harakat qildi.
Mateush VITESKA 6:
Luvumboni bir pas bilan golli pozitsiyaga chiqardi. Hali yangi bo‘lgani uchun jamoadoshlari bilan birbirini tushunib olishi kerak. Sifatli o‘yini bilan ko‘zga tashlandi.
Tommazo AUJELLO 6:
Raqib hujumini to‘xtatishda ancha qiynaldi.
Naytan NANDES 6:
Raqibni qattiq pressing qildi. To‘psiz ham ancha harakat qildi.
Antuan MAKUMBO 6:
O‘rtacha o‘yin ko‘rsatdi. Maqtovga ham loyiq emas, tanqid ham qilib bo‘lmaydi.
Ibrohim SULEMANA 6.5:
Juda qiyin o‘yinda to‘p tepganiga qaramay, yana o‘zining eng yaxshi xislatlarini namoyish eta oldi. Raqibdan to‘pni olib qo‘yishda o‘zini ko‘ratdi.
Yakub YaNKTO 6:
Uchrashuv davomida bir necha yaxshi harakatlarni amalga oshirdi. Lekin kutilgan darajada o‘yin ko‘rsatgani yo‘q.
Gaetano ORISTANIO 5:
66-daqiqadan boshlab, Yanktoning o‘rniga o‘ynadi. O‘yinga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmadi.
Zito LUVUMBO 7:
A Seriyadagi jamoasining birinchi golini kiritdi. Hujumchi sifatida salohiyati yuqori ekanini namoyish qila oldi.
Andrea PETANЬYa 6:
Deyuti muvaffaqiyatli chiqdi. Jamoani oldinga boshladi. Qarshi hujum uyushtirdi, jamoadoshlariga keng hududlarni ochib berdi. Jarohat oldi va ikkinchi bo‘limda o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.
Eldor ShOMURODOV 4.5:
Umuman foydasiz o‘ynadi. U o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtini qadrlashi kerak. Murabbiylar berayotgan imkondan foydalanishi shart. Biroq, maydondagi harakatlari bu talablarga umuman teskari bo‘ldi. To‘g‘ri, hozir mavsumning boshi, Shomurodov sport formasini to‘liq tiklab olmagani ko‘rinib turibdi. Terma jamoalardagi xalqaro o‘yinlar uchun beriladigan tanaffusda yaxshigina ter to‘kmasa bo‘lmaydi.
Klaudio RANЬERI 6:
O‘yinga to‘g‘ri keladigan taktik sxema tanladi. Raqibni imkon qadar to‘xtatib turishga harakat qildi. Shogirdlari o‘yin oxirida taslim bo‘lgani “Kalyari”ni ochkosiz qoldirdi.
Italiya matbuoti Shomurodov transferini qanday baholadi?
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Qimmatga ketgan “qariya”lar!
Ana xolos: Shomurodovga endi “sutchilar” homiylik qiladi!
Shomurodovning sobiq ustozi Raneriga Eldordan foydalanish sirini ochdi!
Fikrlar
Мураббий эркалатиб юборган ҳаммасини.
Аниқ паслар 0.
Кальяри ўйини 0.
Ҳимоя 0.
Жамоага ўртани яхши кўра оладиган плеймекер керак...
Мусорлар биринчи лигасига мос жамоа ҳозир...
Аниқ ва тўғри пас келса Шомуродов нима қилишни яхши билади.