
Shomurodovning "Roma"dagi raqobatchisi Ispaniya klubiga o‘tdi (Foto)
Italiyaning "Roma" klubi hujumchisi Borxa Mayoral faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi. Ispaniyalik hujumchi o‘z yurtiga yo‘l oldi.
Rimliklar safida harakat qilayotgan Mayoral "Xetafe" klubiga o‘tdi. La Liga klubi futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.
Borxa Mayoral "bo‘rilar" safida hamyurtimiz Eldor Shomurodovga raqobat qilayotgandi. Mayoral bu mavsum A Seriyada 5 o‘yin o‘tkazib, gol ura olmagandi. Shomurodov hisobida esa 17 uchrashuvda 2 gol mavjud.
Fikrlar