Shomurodovning sobiq murabbiyi: “Italiya terma jamoasini boshqarishni istardim. Lekin…”

  • 1 noyabr, 2024, 20:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum yakunida murabbiylik faoliyatini yakunlagan Klaudio Raneri yana sobiq ishiga qaytmoqchi. Endilikda italiyalik mutaxassis terma jamoalarda o‘zini sinab ko‘rmoqchi.

Tecno

 Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Evro-2024 da muvoffaqiyatsizlikka uchragach, Raneri milliy terma jamoadan taklif olishi mumkin.

-Menda yana murabbiylik qilish xohishi paydo bo‘ldi. Bir nechta klublardan taklif keldi. Ko‘ramiz, terma jamoalar bilan ham muzokaralar o‘tkazarman. Milliy terma jamoamizni boshqarishni istardim. Lekin Italiyadan chaqiruv kutmayapman. Sababi, Spaletti bor,-dedi Klaudio Corriere Della Sero nashriga.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik sobiq murabbiy, 2023 yilning yanvaridan 2024 yilning mayigacha "Kalyari" klubini boshqargan. Leginerimiz Eldor Shomurodov uning qo‘l ostida ijara asosida to‘p surgan edi.

           

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!