Asosiy mazmunga oʻtish

Shon Striklend: "Biz ayollarga haddan tashqari ko‘p huquq berdik va endi ular jamiyatni buzmoqda"

Javohir Malikov
Izohlar: 0

UFC ning taniqli jangchisi Ronda Rozi va Jina Karano to‘qnashuvi hamda ayollar MMAsi haqida gapirdi.

UFC ning taniqli jangchisi Shon Striklend amerikaliklar – Ronda Rozi va Jina Karano to‘qnashuvi hamda ayollar MMAsi haqida gapirdi.

"Biz shunchaki o‘rta yoshli ikki ayolning bir-birini urishini tomosha qilamiz. Menga umuman qiziqi yo‘q, bu kimga kerak? Keling, rostini aytaylik, eng nimjon, UFC dagi eng nozik erkakni oling - u ham Amanda Nunyesni yenga oladi. Ayollarning asosiy vazifasi – farzand ko‘rish, onalik qilish, ovqat pishirish va uy yig‘ishtirish. Buni unutmasligimiz kerak. Muammo shundaki, biz ularga haddan tashqari ko‘p huquq berdik va endi ular jamiyatni buzmoqda", - dedi Striklend.

Eslatib o‘tamiz, Ronda Rozi va Jina Karano  qarama-qarshiligi 16 may kuni o‘tkaziladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q