Shon Striklend: "Donald Tramp ba'zilarni juda qattiq himoya qilyapti va ismlarini yashiryapti"
Amaldagi UFC chempioni Shon Striklend Jefri Epsteyn ishi bo‘yicha AQSh prezidenti Donald Trampni keskin tanqid qildi.
"Tramp – juda yomon odam. Buni jonli efirda ham aytishdan qochmayman. U Epsteyn hujjatlarini oshkor qilish to‘g‘risidagi qonunni xohlamaygina imzoladi. Barcha materiallarni e’lon qilish va ularni tahrirlash ishini shaxsiy advokati Todd Blanshga topshirdi. Keyin esa Todd Blansh Gisleyn Maksvell bilan suhbat qurgach, Maksvell qulay sharoit yaratilgan, yaxshi qamoqxonaga joylashtirildi. Ya’ni u saqlanayotgan muassasa sharoiti oddiy mahbuslar turishi mumkin bo‘lgan joydan ancha farq qiladi. Bu haqida mening yaqin tanishim – o‘sha qamoqxona nazoratchisi gapirib berdi. Menimcha, Tramp Epsteyn ishida katta ta’sirga ega odamlarni qattiq himoya qilyapti va yashiryapti", — dedi Striklend "Low Kick MMA" portaliga bergan intervyuda.
Eslatib o‘tamiz, Shon avvalgi intervyularida AQSh oligarxlar qo‘lida ekanini aytib o‘tgan edi.

Fikrlar