
"Sho‘rtan" 4 nafar yangi futbolchini e’lon qildi
G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasi ham ikkinchi davra uchun tayyorgarligini davom etirmoqda.
Klub matbuot xizmati ikkinchi davra oldidan tarkib yangilanganligini va jamoaga 4 nafar iqtidorli futbolchi qo‘shilganini ma’lum qildi.
Abubakr Rizo Turdialiev — yarim himoyachi, avval OKMK safida o‘ynagan.
Po‘latxo‘ja Xoldorxonov — hujumchi, “Navbahor”da o‘ynab yurgan tajribali futbolchi.
Muxammadaziz Ibraximov — yarim himoyachi, u “Dinamo” (Samarqand) tarkibida to‘p surgan.
Odilbek Abdumajidov — himoyachi, Qozog‘istonning Turon klubidan keldi.
Fikrlar