"Sho‘rtan" endi yangicha tizimda ishlaydi

  • 28 mart, 2022, 11:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Sho‘rtan"  futbol klubi o‘z tarixida ilk marotoba yangicha tizimda ishlash bo‘yicha qaror qabul qildi.

Tizimga asosan, “Sho‘rtan” futbol klubi akademiyasiga yosh toifasi bo‘yicha iqtidorli futbolchilarni hamda yosh iste’dodlarni qidirib topish va ularni akademiyaga jalb qilish ishlari boshlanganini e’lon qilgandi.

Shu bois, “Sho‘rtan” rahbariyati tomonidan klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari o‘rtasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

sho‘rtan2

Yig‘ilishda klub rahbarlari hamda murabbiylar shtabi vakillari ishtirok etishdi. Mazkur yig‘ilishdan maqsad, “Sho‘rtan” kelajagi hisoblanadigan yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ota-onalarga namoyish qilish edi.

“Oq bo‘rilar” akademiyasi tarbilanuvchilari O‘FA tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ishtirok etishi natijasida o‘z mahoratlarini oshirib borishlari va professional futbolga tayyorlab borishlari aytib o‘tildi.

Yana bir jihati shundaki, "Sho‘rtan" futbol akademiyasini tamomlagan bitiruvchilarga guvohnoma beriladi.

Qolaversa, akademiya tarbilanuvchilari muntazam ravishda yotoqxona, sport liboslari, issiq ovqat va futbolchi uchun kerakli bo‘lgan barcha ehtiyojlar bilan ta’minlanadi.

sho‘rtan1

Shundan so‘ng, yig‘ilishga tashrif buyurgan tarbiyalanuvchilarning ota-onalari uchun akademiyada o‘ziga xos "ekskursiya" tashkil etildi va ularga yotoqxona, oshxona, mashg‘ulot maydonlari tanishtirildi.

“Sho‘rtan” futbol klubining maqsadi nafaqat O‘zbekiston futboli uchun, balki, kelajakda Osiyo va Evropa maydonlari uchun tajribali futbolchilarni etkazib berish hamda O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarini muntazam ravishda futbolchilar bilan ta’minlab turish ekanligi bildirildi.

"Sho‘rtan" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!