"Shўrtan" Shoiqulov bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
“Sho‘rtan” jamoasi transfer oynasi doirasida tarkibini yangi futbolchilar bilan kuchaytirishni boshladi.
Klub rahbariyati yangi mavsum oldidan jamoa salohiyatini oshirish maqsadida Superligada to‘p surgan tajribali futbolchilar hamda legionerlarni tarkibga jalb etishni rejalashtirgan.
"Sho‘rtan" matbuot xizmatining xabar berishicha, tajribali yarim himoyachi Iskandar Shayqulov jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Futbolchi faoliyati davomida “So‘g‘diyona”, “Metallurg”, “Andijon” va “Xorazm” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar