"Sho‘rtan" to‘xtamayapti! Klub navbatdagi transferni e’lon qildi

  • 19.01.2025 23:59
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Sarvar Mirzaev "Sho‘rtan"ning yangi posboni. Klub matbuot xizmati bu haqda rasman xabar berdi

Har bir chiziqda raqobatdosh jamoa shakillantirishni maqsad qilgan "Sho‘rtan" klubi navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Klub asli g‘uzorlik bo‘lgan yosh va umidli darvozabon Sarvar Mirzaevni o‘z safiga qo‘shib oldi. Mirzaev faoliyati davomida OKMK, "Olimpik" va Qirg‘izistonning "Aldier" jamoalarida harakat qilgan.

Ma’lumot uchun, klub avvalroq yana bir darvozabon Sherzodbek Abduraimov transferini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!