Shota Arveladze: Biz kecha OChL finalida o‘ynagan jamoalardan kuchliroq edik

O‘zbekiston kubogida "Paxtakor" bilan g‘alabaga erishgan Shota Arveladze finaldagi g‘alabadan so‘ng, o‘z mulohazalari bilan bo‘lishdi:

"O‘ylaymanki, yaxshi o‘ynadik. Birinchi 15 daqiqada biroz hayajonlandik. Final hissiyotlari -  buni tushunish mumkin.Keyin esa barchasini o‘z qo‘limizga oldik. Raqibda kam imkoniyatlar bo‘ldi. Biz etarlicha kuchli o‘yin namoyish etdik. 

Kecha yigitlar bilan birgalikda OChL finalini tomosha qildik. Bu juda og‘ir vaziyat edi: ulardan kuchliroq edik. Men ushbu futbolni sevuvchi mamlakatga katta futbolni olib kelmoqchi edim. Ammo biroz omad etishmadi. Men o‘zbek futboli muxlislariga mustahkam sog‘liq va omad tilayman. 

Barchaga rahmat aytmoqchiman. "Paxtakor"dagi har bir inson bu natijalarda katta o‘rin tutadi. Klub rahbariyatiga, shifokorlarga, barcha-barchaga chuqur minnatdorligimni bildirmoqchiman. 

Menimcha, hisob bizning qanday o‘ynaganimizni ko‘rsatib turibdi. AGMK dastlabki daqiqalarda bosim uyushtirgani rost. Ammo ularda vaziyatlar bo‘lmadi. Tabiiyki, Superligada uzoq vaqt etakchilik qilgan, kubok finaliga etib kelgan jamoadan boshqacha o‘yin kutib bo‘lmasdi", - dedi "sherlar" bosh murabbiyi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
20/12/2020 18:55
Shu yil ochigi chempionatka Nasaf hamma kamandadan bir bosh ustin ekan. buni ochiqchasiga tan olmasdan iloji yuq. Nasaf yutqazgan uyinlarga ham. omadgena raqib jamoa boqqan. bulmasa AGMK bugun fenalga loiq kamanda emas. edi. undan Kura Loka Navbahor Loiq edi. tugri Nasaf aytmasa ham hamma biladi. chunki Nasaf Pahtakordan ham. ustin klub. Pahtakor uzbekiston chempioni bulgan. shunchaki pulni zuri bilan Nasaf esa. OCHL 4 Urin OFK Sohibi. osiyoga uz urniga ega. hozircha Nasaf uzidanda bir bosh balant sakragan kamanda. buni hamma fudbol mutahasislaru Fudbolchilar ham biladi.
&
Sash
20/12/2020 17:45
Skolari digan murabbiy Revaldo digan uyinchini Uzb da uynatganini bilasmi Shota oka. Omad har tomonlama kuchlilarga boqadi. Bugun AGMK dan kuchli ediz. Yuttiz. Kingi yilam OCHL yutolmaysiz. Paxtakorni tabrikliman dubl bn.