Shota Arveladze: Finalga munosib ekanligimizni ko‘rsatdik

  • 22 oktabr, 2019, 18:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze O‘zbekiston Liga kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Qo‘qon-1912"ga qarshi (2:1) bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Biz birinchi marta o‘tkazilayotgan turnir finaliga yo‘l olganimizdan xursandmiz. O‘yinni deyarli nazorat qildik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Finalga munosib ekanimizni ko‘rsatdik. Futbolchilar tig‘iz taqvimga ega. Ular har 3-4 kunda maydonga tushishmoqda. Fevralda boshlangan mavsumni muvaffaqiyatli davom ettiryapmiz. Shunday ekan, yigitlarni tabriklayman", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!