
Shota Arveladze: Jamoamga keyingi ikki o‘yinda ishonaman
Osiyo Chempionlar ligasining 4-turida Toshkentning "Paxtakor" klubi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" ustozi Shota Arveladze bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ikki turli bo‘limlarga guvoh bo‘ldik. Birinchi bo‘lim ko‘proq kutilganidek kechdi, jamoalar yaxshi harakat qilishdi. Vaziyatlar yaratishga urindik. Raqib to‘pni nazorat qilish, to‘g‘ri o‘ynashga intildi. Shogirdlarimga birinchi bo‘lim uchun minnatdorlik bildiraman. Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa o‘yinchilari og‘irroq oyoq bilan o‘ynadi. Uch kunda o‘yin rejimida bu oddiy holat. Futbolchilar ko‘p tavakkal qilishni istamadi. Qisqa muddatli turnirlarda ochkoni qo‘lga kiritish, keyingi o‘yin haqida o‘ylash ro‘y beradi. Yigitlarni ikki yaxshi o‘yin bilan tabriklayman. To‘p va sur’atni nazorat qildik, ammo ba’zida shiddat etishmadi. Zarbalar berish, to‘pni uzatishlar etishmay qoldi. Jamoamga keyingi ikki o‘yinda ishonaman.
Syurprizlarni kuzatmadik. Biz nazarda tutgan holatlarni raqib ham e’tiborga oldi. Birinchi bo‘limda ancha ochiq o‘yin kechdi. Ikkinchi bo‘limning oxirgi 20 daqiqasida ochko va keyingi o‘yin to‘g‘risida o‘ylash boshlandi", - dedi gruziyalik mutaxassis.
Fikrlar