Shoxruh Ishanov: "Meni Gvardiolaga qiyoslashdi, xursand bo‘ldim. Ammo men Ishanovman!"

  • 9 aprel, 2022, 21:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon-II” – “Olimpik” (1:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Shoxruh Ishanov o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

- O‘yin biz uchun juda og‘ir bo‘ldi. “Olimpik”ni “Paxtakor”, “So‘g‘diyona” kabi klublarga qarshi o‘yinlarini ko‘rib, futbolchilarimizga batafsil tushuntirib o‘tdik. Himoyaviy o‘yin ko‘rsatdik, ammo yigitlar hujumga kuch topib o‘tdilar. Birinchi marta bunaqangi katta maydonda o‘ynashimiz. “Olimpik” Superliga vakili va kuchli jamoa deb bilamiz. Ikkinchi taymda ko‘p cho‘zilishlar bo‘ldi. Bu kuchi etmagani bilan bog‘liq. Buni ustida yana ishlaymiz. “Olimpik” klubiga keyingi uchrashuvlarda omad tilaymiz. “Sho‘rtan” va “Turon” bilan uchrashuvlarda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.

- Timur Kapadze 6 nafar o‘yinchisini olib kelmaganini aytdi. “Olimpik”ni qanday tarkibini kutgandingiz?

- Asosiy tarkibiga tayyorgarlik ko‘rayotgandik. Shuning uchun himoyaviy taktikani qo‘lladik.

- Ya’ni, “Olimpik”ni asosiy tarkibi kelmagani sizga qo‘l keldimi?

- “Olimpik”ni birinchi tarkibimi yoki ikkinchi tarkibimi, menimcha farqi yo‘q. Bu erda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibi yig‘ilgan. Ushbu klubda kuchsiz o‘yinchini o‘zi yo‘q. Albatta, bizning tarkibimizda Rauf Inileev jamoasida shug‘ullanadigan 6-7 nafar futbolchimiz bor. Shogirdlarimga rahmat aytaman, qo‘lidan kelganicha harakat qilishdi. Oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishdi.

- Muxlislar orasida sizni Pep Gvardiolaga qiyoslashmoqda. Bunga munosabatingiz qanday?

- Muxlis futbol ko‘rish uchun, zavq olish uchun keladi. Toshkentdagi saralash uchrashuvlarida ham sharhlovchilar siz aytgandek Gvardiolaga qiyoslashdi, xursand bo‘ldim. Lekin Shoxrux Ishanovman. Murabbiylar o‘sish uchun u yoki bu murabbiydan o‘g‘irlashadi. Biz ham harakat qilyapmiz.

ishanov

- Ko‘p yillar davomida futbol ichidasiz. Siz etishtirib chiqargan o‘yinchilardan hozirgi kunda Superligada kimlar o‘ynayapti?

- Birinchi tarbiyalanuvchilarimdan 2000 yilda tug‘ilgan Doniyor Abdumannopovni aytishim mumkin. U O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida ham, U-23 termasida ham o‘ynadi. “Andijon” sharafini himoya qilgan va bugungi kunda “So‘g‘diyona”da to‘p suryapti. Kelajakda hozirgi o‘sib kelayotgan 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilarimizdan umidimiz katta.

- PFL rasmiy saytida “Andijon-II” deb berilyapti, ammo bu yoqda “Andijon-SGS” deb berilyapti. Rasmiy nomi qanday?

- “Andijon-II SGS” jamoasi. Lekin kelasi yilga rahbar qanday no qo‘ysa ham Andijon sharafini himoya qiladigan jamoa bo‘ladi. Nomi rol o‘ynamaydi.

- Shahboz Jumaboev hujumkor futbolchi. Ammo uni orqaroqda o‘ynatdingiz. Undan hujumda foydalansangiz ko‘proq foyda bermaydimi?

- Bugun raqibimiz ochiq futbol o‘ynagani yo‘l qo‘ymasdi. Aks holda bizni o‘yinimiz ochilib ketardi. Bo‘sh hududlar paydo bo‘lardi. Shu bois himoyaviy o‘ynadik.

- Sardorlik bog‘ichi yosh o‘yinchiga berildi. Tajribaliroq Jumaboevga berilsa bo‘lmasmidi?

- Hammasiga ishonch bildiramiz. Shahboz zo‘r o‘yinchi. Lekin Hamroboev Zayniddin akasini ortidan o‘sayotgan bola. Bugungi kunda u O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining ham sardori. Hech qaysi futbolchini ajratmayman. Biroq Zayniddin bugungi kunda haqiqiy sardor.

- Keyingi ikkita o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘riladi? Rejalar qanday?

- Albatta, bizga qiyin. Katta maydonga yosh futboldan chiqib keldik. Qo‘limizdan kelganicha shogirdlarimiz harakat qilishyapti. Bir kun dam olib, indindan tayyorgarlikni boshlaymiz. Yangi ko‘rsatmalar va yangi taktikalarni yordamchi murabbiylarim bilan birga o‘ylab chiqamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
09/04/2022 22:25
Яшанг лар АНДИЖОН ёшлар жамоаси галаба муборак бу'лсин