
Sh.Toshmatov navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi
Assotsiatsiya xodimlari uchun tashkil etilgan yig‘ilishda "Olimpiya kuni" munosabati bilan o‘tkaziladigan katta tadbirga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishni assotsiatsiya rahbari Sherzod Toshmatov olib bordi.
Sh.Toshmatov kuni kecha O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov o‘tkazgan yig‘ilishda federatsiyalarga berilgan topshiriqlar bilan o‘z hodimlarini tanishtirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Olimpiya kuni"da 100 nafar taekvondochi o‘z ko‘rgazmali chiqishi bilan ishtirok etadi.
Shuningdek, marosimda O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasining maxsus burchagi ham tashkil etiladi. Bu esa taekvondo sport turining targ‘ibotiga ham katta xissa qo‘shadi. Tashrifchilarga ushbu sport turi haqidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Fikrlar