Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Shu ikkitasі xavflі! Fermin "el klasiko" oldidan "Real"ning ikkі yulduzidan qo‘rqyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Barsa" kimlardan cho'chiyapti

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopez yaqinlashayotgan «el klasiko» oldidan «Real» tarkibidan qaysi futbolchilarni maydonda ko‘rishni istamasligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, «Real» darvozaboni Tibo Kurtua va hujumchi Kilian Mbappe raqib jamoa uchun hal qiluvchi o‘yinchilardan hisoblanadi.

«Men maydondan Kurtua va Mbappeni olib qo‘ygan bo‘lardim. Tibo seyvlar bilan «Real»ga juda ko‘p ochko olib keladi. Mbappe esa o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuboradi, juda ko‘p gol uradi. Agar imkonim bo‘lsa, ikkalasini ham o‘yinga qo‘ymasdim», – deya Lopezning so‘zlarini Actu Foot akkaunti keltiradi.

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi navbatdagi «el klasiko» yakshanba, 25 oktyabr kuni «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv oldidan Hans-Diter Flik shogirdlari 27 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Joze Mourinyo boshqaruvidagi «Real» esa 21 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinni egalab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q