Shu oʻyinchini olib xato qildik! "Barsa" Joau Kanseludan norozi

  • 22.10.2026 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» murabbiylar shtabida himoyachi Joau Kanseluning oʻyini borasida jiddiy tashvishlar paydo boʻlgani aytilmoqda. Bu haqida jurnalist Juan Jezus xabar berdi.

Manba maʼlumotiga koʻra, sine-granatovilar murabbiylar tarkibidagi bir necha mutaxassis bir necha haftangi kuzatuvlardan soʻng portugaliyalik futbolchining oʻyin darajasidan qoniqmayapti. 

Ayniqsa, Kanseluning pozitsion oʻyini muammoli deb baholanyotgani taʼkidlanmoqda. Joriy mavsumda tarkibga Xavi Espart qoʻshilganidan keyin bu holat yanada yaqqolroq koʻzga tashlana boshlandi. Espart himoyadagi ishonchli harakatlari va taktik jihatdan puxta oʻyini bilan Kanseluga nisbatan afzalroq deb qaralmoqda.

Shunga qaramasdan, murabbiylar shtabi ichida shubhalar ortib borayotganiga qaramay, Kanselu atrofidagi vaziyatni hal qiluvchi asosiy omil — bosh murabbiyning ishonchidir. «Barselona» ustozi Hans-Diter Flik hozircha portugaliyalik himoyachiga ishonch bildirishda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!