Shu raqibdan ehtiyot bo‘lish kerak! Saloh “Liverpul”ning asosiy “dushmanini” aytdi

  • 20 avgust, 17:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining yangi mavsumida “Liverpul” chempionlik unvonini munosib himoya qilishga harakat qiladi. Bundan tashqari muxlislar Arne Slot shogirdlaridan xalqaro maydonda ham muvaffaqiyat kutyapti.

Tecno

Jamoa etakchisi Muhamad Saloh Premer-ligasida g‘oliblikka asosiy da’vogar sifatida boshqa klub – “Arsenal”ni ko‘rsatdi.

- “Arsenal” ajoyib jamoa va bu mavsum g‘alabaga imkoniyati katta. Men “Arsenal”ni chempionlik uchun asosiy favorit, deb hisoblayman. Chunki jamoaning ko‘p o‘yinchilari besh yildan beri birga o‘ynayapti, - dedi 33 yoshli to‘purar.

Qizig‘i shundaki, Mikel Arteta qo‘l ostida “kanonirlar” bir necha yildan beri Premer-ligani ikkinchi o‘rinda yakunlab kelmoqda. Bungacha “Manchester Siti” londonliklardan o‘zib ketgan bo‘lsa, o‘tgan mavsum “Liverpul” chempionlikka erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!