Shu rostmi, Mbappe?

  • 3 iyun, 2022, 18:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa matbuotida Kilian Mbappe PSJning bosh murabbiyi  Maurisio Pochettino va jami 13 nafar futbolchini “qora ro‘yxat”ga kiritib, ularning PSJdan ketishiga erishmoqchi ekani haqida xabarlar tarqatildi.

Tecno

Mbappe ko‘pchilikni hayratga solgan bu ma’lumotga munosabat bildirdi.

- Bularning bari yolg‘on xabar, - deb yozdi 23 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.

Avvalgi xabarga ko‘ra, Mbappe hozirgi jamoadoshlaridan Neymar, Mauro Ikardi, Yulian Draksler, Tilo Kerer, Leandro Paredes, Ander Errera, Leyvipen Kurzava, Danilu Pereyra, Pablo Sarabiya, Xuan Bernat, Idrissa Guye, Kolin Dagba va Serxio Riko bilan o‘ynamoqchi emasligi aytilgandi.

Ma’lumki, klub rahbariyati Mbappe olib qolish uchun unga o‘ta katta maosh bilan birga jamoaning transferlariga aralash vakolatini ham bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!