Shunaqa xaridorlar yoqadi! "Bornmut" futbolchisini bir necha baravar qimmatiga sotadi

  • 31.07.2026 17:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott atrofidagi qiziqish tobora ortayapti, u yana bir bor yetakchi klublar diqqatini o‘ziga jalb qildi. 

CaughtOffside nashri ma’lumoticha, «Chelsi» yosh futbolchini qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatlarini to‘xtatmayapti. «Bornmut» rahbariyati Skottni sotish niyatida emasligiga qaramasdan, londonliklar taklifini oshirib, transfer uchun 70 million funt sterling taklif qilgan. 

Shu bilan birga, havbek uchun kurashda «Liverpul» va «Arsenal» ham faol ishtirok etmoqda. Da’vogarlarning ko‘pligi narxni oshishiga sabab bo‘lyapti.

Aleks Skott 2023 yili «Bristol» klubidan «Bornmut» safiga 23 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yildgi mavsumda yarim himoyachi klub darajasida barcha musobaqalar doirasida 39 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Skottning bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!