Asosiy mazmunga oʻtish

Shuni olinglar! “Real” o‘z futbolchisini boshqa klubga o‘tkazmoqchi bo‘lyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U Madridda o‘ynolmaydi

Madridning “Real” klubi 18 yoshli qanot hujumchisi Franko Mastantuono faoliyatini  Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Tuttosport.

Ispaniya klubi futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini ta’minlash uchun uni yozda ijara asosida olishni “Yuventus”ga taklif qilgan.

Mastantuono 2025 yilda “River Pleyt”dan “Real”ga 45 million yevro evaziga o‘tgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q