Asosiy mazmunga oʻtish

Shuni olmasak bo‘lmaydi! "Barsa" yana "Manchester Siti" himoyachisini nishonga oldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O‘ta zarur transfer

«Manchester Siti» tarkibida harakat qilayotgan himoyachi Yoshko Gvardiol yana «Barselona»ning transfer ro‘yxatiga qaytdi. Bu haqida Fichajes nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar xorvat futbolchisini qo‘lga kiritishga avvalroq, 2025 yilning oxirlarida ham urinigan, ammo o‘sha paytda kelishuvni amalga oshirish imkoni bo‘lmagan. 

Endi esa «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jazolanishi ehtimoli Gvardiolning Kataloniyaga ko‘chib o‘tishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Xabarda ta’kidlanishicha, «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flikka Pau Kubarsiga juftlik qila oladigan, chap oyog‘da o‘ynaydigan markaziy himoyachi kerak va Gvardiol o‘yin uslubi va xususiyatlari jihatidan bu talablariga to‘liq mos keladi. 

Shu bilan birga, transfer masalasi, avvalo, «Manchester Siti» belgilaydigan narxga bog‘liq bo‘ladi.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, 24 yoshli xorvat himoyachisining transfer qiymati 75 million evroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q