Asosiy mazmunga oʻtish

Shunisi zo'r ekan! "Tottenxem" yangi hujumchi tanladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Juda ko‘p gol uryapti

Londondagi «Tottenxem» klubi «Benfika» hujumchisi Vangelis Pavlidisni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Fichajes nashri xabar berdi.

Manba maʼlumotiga koʻra, Pavlidis hozircha «Tottenxem» uchun asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. «Shporlar» uni qishki transfer oynasidayoq olishga urinish mumkin, yoki kelishuvni yozgacha qoldirish ehtimoli ham bor. Shu bilan birga, «Benfika» hozircha muzokaralarga shoshilmayapti va ingliz klubiga aniq shart qoʻygan: Pavlidis faqat 100 million yevro miqdoridagi kelishilgan toʻlov (klausula) toʻliq qoplanasagina qoʻyib yuboriladi.

Qayd etilishicha, hujumchiga faqat «Tottenxem» emas, balki «Aston Villa», «Yuventus», «Milan», «Atletiko» va «Barselona» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Pavlidis barcha musobaqalar doirasida 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va toʻrtta golli uzatma amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q