Shvaynshtayger murabbiy bo‘lmoqchi

  • 31.05.2020 15:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Bastian Shvaynshtayger kelajakda murabbiylik bilan shug‘ullanmoqchi.

“Agar qachondir murabbiylik menga yoqib qolsa, men buni o‘ylab ko‘raman. Lekin, men nimadir qilsam, albatta maqsadimga erishishga harakat qilaman”, - deydi Shvaynshtayger Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Shvaynshtayger 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!