Shvetsiya ligasida retro libos va to‘plardan foydalanildi. Buning alohida sababi bor

  • 20 avgust, 2024, 20:46
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1924 yilda Shvetsiya futbolining oliy ligasi - Allsvenskanga asos solingan. Butun 2024 yil davomida klublar chempionatning katta yubileyini nishonlamoqda.

Tecno

Shu munosabat bilan bahslarda retro liboslar va to‘plardan foydalanildi.

Bu mavsum maxsus liga logotipi bilan o‘tmoqda. 

Liganing 100 yilligi asosan so‘nggi turda nishonlandi. Ko‘plab jamoalar retro liboslarida o‘ynashdi va uchrashuvlar "Select" brendi ostidagi to‘plarga ramziy zarbalar bilan boshlandi.

"Yurgorden" homiylar yoki nomlarsiz futbolkalarda

AIKga qarshi derbida Stokgolmliklar 1927 yilgi libos bilan bir xil dizayndagi formada maydonga tushishdi. O‘shanda "Yurgorden" Allsvenskanda debyut qilgan.

Homiylar va hatto familiyalar ham yo‘q. Bu surat hozirgi kundagi tasvir ekaniga ishonish qiyin.

An’anaga ko‘ra, liganing eng zamonaviy klublaridan biri AIK fevral oyida o‘zining retro liboslarini taqdim etdi. 

Ammo futbolkalar boshqa sabab bilan mashhur bo‘ldi. Sakbabi, fotosuratchilardan biri 127 yil avvalgi kamera bilan suratga oldi va muxlislarni avvalgi muxitga yanadaa raqinroq qildi.

Chapda 1924 yil, o‘ngda 2024 yil.

"Geteborg" klubining maxsus libosini 94 yoshli Ebbe Olsson taqdim etdi. 1940 yillarda u o‘smirlar jamoasida o‘ynagan, otasi Xarri Olsson esa 1924 yilda mazkur jamoada to‘p tepgan.

- Men haqiqatan ham klubda katta bo‘lganman. uzoq yillik tarixni eslatuvchi futbolkani kiyish men hech qachon tasavvur qila olmagan sharafdir, - deydi Ebbe Olsson.

Quyida boshqa jamoalarning liga yubileyiga mo‘ljallangan maxsus liboslarini ko‘rishingiz mumkin:

"Malmyo"

"Vesteros"

GAIS

"Mellbyu"

"Norcheping"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!