
Shveytsariya murabbiyi: "Italiyani yutishimizni bilardim, chunki..."
Italiya terma jamoasi Shveytsariyaga qarshi o‘yinda boshqa taktika bilan maydonga tushdi. Luchano Spaletti 4-3-3dan foydalanishga qaror qildi. Bu esa shveytsariyaliklarning g‘alabasiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shu mavzuda chorak finalchilar ustozi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu erda aql bovar qilmaydigan ishlar bo‘lmoqda. Muxlislarga katta rahmat. Men bilardim, agar italiyaliklar to‘rtta himoyachi bilan o‘ynasa, biz ularni "yo‘q qilishimiz"ni bilardim. Dan yarim himoyaga o‘tdi. Uning odami El Shaaravi esa to‘pni zo‘rg‘a ko‘rdi."
Shuningdek, murabbiy keyingi raqibga ham to‘xtalib o‘tdi.
"Angliya yoki Slovakiya? Buni muxlislardan so‘raysiz. Biz muhim o‘yinda g‘alaba qozondik. Ertaga va undan keyin nima bo‘lishiga kelsak, keyingi raqiblarimizga qarshi yana ham yaxshiroq tayyorgarlik ko‘ramiz."
Yakshanba kuni Angliya terma jamoasi Slovakiya bilan so‘nggi 16-tur o‘yinida to‘qnash keladi. Mazkur uchrashuvdan keyin Shveytsariyaning chorak finaldagi raqibi aniq bo‘ladi.
Fikrlar