Shyurrle to‘rt haftaga safdan chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Peter Bosh yaqin to‘rt hafta ichida jamoa yarim himoyachisi Andre Shyurrlening xizmatlaridan foydalana olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchining son mushaklarida cho‘zilishlar borligini aniqlandi. Aytish kerakki, bundan avvalroq Shyurrle belidan jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli germaniyalik futbolchi o‘tgan mavsum Bundesliganing jami 15ta turida maydonga tushishgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!