Sillessen ketmoqchi, ammo "Barselona" buni istamayapti
Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘zining gollandiyalik posboni Yasper Sillessenni qo‘yib yuborishni xohlamayapti.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda 29 yoshli darvozabon etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani bois jamoadan ketmoqchi, ammo “ko‘k-anor ranglilar” uni 60 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas. Futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli ham aynan 60 mln evro hisoblanadi. Unga ayni damda APL klublaridan qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Sillessen joriy mavsum La Ligada birorta ham o‘yinda ishtirok etgani yo‘q. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar