
Silvaning “yo‘qolib” qolishiga shayxlar sababchi ekan
“Manchester Siti”ni tark etgan David Silvaning “Latsio”ga o‘tishi amalga oshmasligi mumkin. Rim klubi bir hafta oldin unga shartnoma taklif qilganiga qaramay, hali o‘ziro kelishuvni rasmiylashtirishning imkoni bo‘lgani yo‘q. Aniqrog‘i, ispaniyalik futbolchi bir necha kundan buyon “Latsio” bilan aloqaga chiqmayapti.
“Latsio” rahbariyati Silva vakillariga agar o‘yinchi bugunning o‘zida yakuniy javobini aytmasa, trasnfer bekor qilinishini uqtirdi. Rim klubi yozgi transfer siyosatini aynan Silva bilan bo‘ladigan kelishuvdan kelib chiqib shakllantirmoqchi. Rimliklar ispan futbolchisiga uch yillik shartnoma, yiliga uch million evro va turli bonuslar va’da qilgan.
Vaziyatni kuzatayotgan mutaxassislar Silvaning “yo‘qolib” qolishiga “As-Sadd” sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda. Chunki qatarlik shayxlar ispaniyalik futbolchiga ikki yillik shartnoma va yiliga 10 million evrodan maosh taklif qilmoqda.
Fikrlar